O‘zbekiston | 13:10 / 20.03.2021
2793
1 daqiqa o‘qiladi

Peshko‘da maktab-internat yotoqxonasi ijtimoiy yotoqxonaga aylantirildi

Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanidagi 4-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yotoqxonasi 430 million so‘m mablag‘ evaziga ta'mirlandi va «Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi»ga aylantirildi. 

Yotoqxonadan boquvchisini yo‘qotgan va voyaga yetmagan farzandlarini qiyin sharoitda yolg‘iz tarbiyalab kelayotgan 16 nafar ayolga xonalar ajratilgan.
 
19 mart kuni bo‘lib o‘tgan yotoqxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etib, o‘z boshpanasiga ega bo‘lgan ayollar va ularning farzandlari bilan suhbatlashgan hamda yotoqxonadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tavsiyalar bergan. 

Peshko‘ tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muxlisa Jabborovaning ma'lum qilishicha, tumanda 1 776 nafar xotin-qiz «Ayollar daftari»ga kiritilgan. Ularning 1 178 nafarini o‘z kasb-koriga, daromadiga ega bo‘lmaganlar tashkil qiladi.

Mavzuga oid