Samarqandda yangi talabalar yotoqxonasi sifatsiz qurilayotgani aniqlandi
Mas’ul tashkilot tomonidan o‘tkazilgan reydda bir qator qoidabuzarliklar aniqlangach, obektda qurilish ishlari to‘xtatilgan

Foto: Videodan kadr
Samarqandda yangi 400 o‘rinli talabalar turar joy binosi sifatsiz qurilayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal nazorat inspeksiyasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan davlat xususiy sheriklik asosida buyurtmachi Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan qurilayotgan talabalar yotoqxonasida reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbir davomida qurilish ishlari sifatsiz bajarilayotgani, shuningdek, obekt qurilishi hududiy qurilish nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda o‘zboshimchalik bilan olib borilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanib, obektda qurilish ishlari to‘xtatilgan.
Mavzuga oid

11:49
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi

15:59 / 16.04.2025
Qurilish nazoratchilariga bodikamera va planshet beriladi

14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi

13:20 / 16.04.2025