Turkiyada 2 yil ichida markaziy bankning uchinchi rahbari o‘z lavozimidan olindi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an markaziy bank inflatsiyani ushlab turish uchun tayanch stavkasini 2 foizga ko‘targach, moliyaviy tashkilot rahbari Naji Ag‘balni o‘z lavozimidan bo‘shatdi. Erdo‘g‘an stavkaning oshirilishiga qarshi chiqib keladi.

Erdo‘g‘an Ag‘bal o‘rniga uning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Shahob Kavjio‘g‘luni tayinladi.
Ag‘bal markaziy bank tayanch stavkasini 17 foizdan 19 foizga ko‘targandan 2 kun o‘tib o‘z lavozimidan olingan. U mamlakatda 15,61 foizga yetgan inflatsiya nazoratga olinmaguncha qat'iy pul-kredit siyosati saqlanib qolishini aytgan.
AP axborot agentligining yozishicha, shu tariqa bank Erdo‘g‘anning yuqori foiz stavkalari inflatsiya keltirib chiqarishi borasidagi siyosatiga qarshi borgan. Ta'kidlanishicha, Turkiya prezidenti stavkani past darajada saqlab qolish uchun bankka bosim o‘tkazib kelgan.
Ag‘bal o‘rnini bank ishi professori va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi Yeni Safak nashri sharhlovchisi Shahob Kavjio‘g‘lu egalladi. Avvalroq u o‘z maqolasida tayanch stavkasi oshirilishini tanqid qilgan va Erdo‘g‘anning bu inflatsiyaga sabab bo‘lishi haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Bu orada dunyodagi aksariyat markaziy banklar rahbarlari va iqtisodchilar aksincha o‘ylab, inflatsiyaning yuqori sur'atlarini ushlab turish uchun tayanch stavkalarini oshirish kerak, deb hisoblaydilar.
Kavjio‘g‘lu Turkiya markaziy bankining 2 yil ichidagi to‘rtinchi rahbari bo‘ladi. 2019 yil iyulda Erdo‘g‘an ushbu lavozimdan Murod Chetinkayni olib tashlagandi. O‘shanda Turkiya rahbari bu qarorini Chetinkay bilan uchrashuvlarida unga tayanch stavkalarini tushirish lozimligini aytgani, biroq u buni qilmagani bilan tushuntirgandi.
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025