Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida dronlardan foydalanish bo‘yicha yagona axborot tizimi joriy etiladi
Prezidentning “Iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Masofaviy zondlash ma'lumotlarini iqtisodiyot tarmoqlariga faol joriy etish, davlat organlari faoliyatini optimallashtirish, aerokosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun shart–sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, «O‘zbekkosmos» agentligi:
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyulgacha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarishning yagona axborot tizimini (Unmanned Traffic Management) joriy etish bo‘yicha taklif kiritadi;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Koreya Respublikasi Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik fondi (EDCF) bilan «O‘zbekiston milliy geografik axborot tizimini yaratish» investitsiya loyihasi ikkinchi bosqichini ishga tushirish bo‘yicha ish olib boradi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi «Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4819-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritiladi.
Prezidentning 2018 yil 29 martdagi «Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3639-son qarori va 2019 yil 26 avgustdagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4427-son qarori 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025