Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli Kuchlar akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi
Polkovnik Shavkat Husanbayevich Mamajonov Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i lavozimini egalladi. Uni ushbu lavozimga tayinlash to‘g‘risida prezidentning tegishli farmoni imzolangan.
Shavkat Mamajonov muqaddam Qurolli Kuchlar Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Pavel Ergashevga o‘rinbosar lavozimida ishlagan. Xalqaro harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarida vazirlik vakili sifatida ishtirok etgan.
U Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i lavozimida Hamdam Qarshiyev o‘rnini egalladi. Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanuvchi Hamdam Aliqulovich Qarshiyev bir vaqtning o‘zida Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i vazifasini ham bajarayotgandi.
Bundan avvalroq Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Pavel Ergashev boshqa lavozimga o‘tkazilib, uning o‘rnini Shuhrat Xolmuhammedov egallagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
11:53 / 06.05.2025