O‘zbekiston | 17:16 / 24.03.2021
6681
3 daqiqa o‘qiladi

1 apreldan Toshkent shahridagi ba'zi avtobus yo‘nalishlari faoliyati muvofiqlashtiriladi

1 apreldan Toshkent shahridagi 41-, 124-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirish kiritiladi, shuningdek, 15-, 68-sonli avtobus yo‘nalishlari yo‘lovchi harakatiga mos holda muvofiqlashtiriladi

Foto: KUN.UZ

«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati ma'lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash hamda Toshkent shahri aholisidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, 2021 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahridagi 4 ta avtobus yo‘nalishlari faoliyati muvofiqlashtiriladi.

Jumladan:

41-sonli «Chilonzor mavzesi 25-daha AShB – Chilonzor buyum bozori AShB» avtobus yo‘nalishining harakati uzaytirilmoqda va Bunyodkor shohko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi orqali «Yangi Choshtepa mavzesi»gacha tashkil etiladi;

124-sonli «Yunusobod mavzesi 9-daha AShB - Bekobod mavzesi» avtobus yo‘nalishining harakati Qorasaroy ko‘chasidan Dilsaroy, Sag‘bon, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta'minlash, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan va avtobuslar soni yetishmayotgan yo‘nalishlarni harakat tarkibi bilan to‘ldirish, shuningdek, aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, 2021 yil 1 aprel kunidan boshlab quyidagi qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshiriladi:

15-sonli «Qo‘yliq 1-mavzesi - Do‘stlik metrosi» avtobus yo‘nalishidagi 6ta Mercedes Benz avtobuslari 68-sonli avtobus yo‘nalishidagi 6ta ISUZU rusumli avtobuslarga o‘zgartiriladi;

68-sonli «Qo‘yliq dehqon bozori - Chorsu savdo markazi» avtobus yo‘nalishidagi 8ta ISUZU avtobuslari 68-sonli va 93-sonli avtobus yo‘nalishlaridagi 8ta Mercedes Benz rusumli avtobuslarga o‘zgartiriladi.

Shuningdek, 68-sonli avtobus yo‘nalishidan bo‘shagan 2ta ISUZU va 1ta SAZ-LE-60 avtobuslari 26-, 119-, 55-sonli avtobus yo‘nalishlarini to‘ldirish uchun taqdim etiladi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid