Dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi
Britaniyalik rassom Sasha Jafri chizgan rasm 1,5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi – bu to‘rtta basketbol maydoni bilan teng.

Foto: sachajafri
Dubayda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida "Insoniyatning sayohati" deb nomlangan dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi.
Britaniyalik rassom Sasha Jafri chizgan rasm 1,5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi – bu to‘rtta basketbol maydoni bilan teng.
Kartina 70 qismdan iborat. Uni dastlab qismlab sotish rejalashtirilgandi. Ammo Dubayda yashovchi va kriptovalutaga ixtisoslashgan kompaniya egasi bo‘lgan Andre Abdun kartinani butunicha sotib oldi.
"Insoniyatning sayohati" kartinasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Jafri suratni chizishni o‘tgan yil sentyabrida yakunlagan. Kartina 140 mamlakatda yashovchi bolalarning internet orqali rassomga jo‘natgan ijod namunalariga asoslangan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Mavzuga oid

00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

23:24 / 09.04.2025
Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin

01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi

21:40 / 27.09.2024