Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida Davlat xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan bir guruh shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan reportajda so‘z boradi.
Ma'lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelgusida sotish maqsadida yashirib qo‘yilgan 3 kilogramm 14 gramm gashish giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Aniqlanishicha, giyohvand moddalar Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida yashovchi shaxsdan 15 ming dollarga sotib olingan. Giyohvandlik vositasi kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingan.
Shuningdek, reportajda hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025