Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sambo bo‘yicha jahon chempionati Moskvadan Toshkentga ko‘chirildi
Sambo bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi Moskvadan Toshkentga ko‘chirildi. Bu haqda Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) ma'lum qildi.
Bunga sport hakamlik sudi (CAS) 2020 yil dekabrda Rossiyaga ikki yil davomida jahon chempionatlari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygani sabab bo‘lgan.
Mart oyida Rossiya sambo federatsiyasi FIAS va Moskva meriyasidan jahon chempionatini 2025 yilga ko‘chirishni iltimos qilgan.
FIAS’da ta'kidlanishicha, jahon chempionatini o‘tkazishga O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi ham ariza bergan va u ma'qullandi. Chempionat 11-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Biz O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasidan jahon chempionatini o‘tkazishga ariza oldik. Toshkentda 2025 yilda O‘smirlar Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishini hisobga olib, O‘zbekistonga ushbu chempionatni o‘tkazish imkoniyatini berishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman”, deb aytgan FIAS prezidenti Vasiliy Shestakov.
Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev musobaqa ishtirokchilariga viza yordami ko‘rsatilishini ta'kidlab o‘tgan.
“Pandemiya bilan bog‘liq murakkab vaziyat sababli O‘zbekiston elchixonasi yo‘q davlatlar sportchilariga viza yordami ko‘rsatiladi. Ular O‘zbekistonga kelishlari bilanoq aeroportda viza oladilar. Musobaqada iloji boricha ko‘proq davlat vakillari ishtirok etishi uchun O‘zbekiston elchixonasi bor davlatlarda viza olish jarayoni tezlashtiriladi”, deb aytgan Mullayev.
Shu tariqa, Toshkent 2021 yilda sambo bo‘yicha ikkita yirik musobaqani – iyunda Osiyo chempionatini, noyabrda esa jahon chempionatini qabul qiladi.
Avvalroq CAS Jahon aksildoping agentligi Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlar bazasidagi soxtalashtirishlar uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llaganini haqqoniy deb topgandi. CAS qaroriga ko‘ra, rossiyalik sportchilarga 2 yil davomida barcha yirik musobaqalarda faqat neytral maqomda ishtirok etishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025