Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga olib ketilayotgan 1 kilogramm marixuana Qashqadaryoda to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududida joylashgan «Mingchinor» YPX maskanida 1 kilogramm marixuana giyohvand moddasini olib ketayotgan og‘ufurushlar qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 28 fevral kuni Kitob tumanida joylashgan «Mingchinor» YPX maskanida tuman DXX hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro E.M.ga tegishli bo‘lgan «Lacetti» avtomashinasi tekshirilganda undan og‘irligi 1 kg 35 gramm bo‘lgan marixuana giyohvand moddasi topilgan.

Dastlabki surishtiruvlarda E.M. va uning sherigi X.R. mazkur giyohvand moddasini Toshkent shahriga olib borishni rejalashtirgani ma'lum bo‘lgan.
Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
15:42 / 09.04.2025