Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada koronavirusga qarshi emlash may-iyunda yakunlanishi mumkinligini aytdi
Turkiyada koronavirusga qarshi emlash 14 yanvarda boshlangandi. Bugunga qadar 8 milliondan ortiq kishi vaksinaning bir dozasini, 5,4 milliondan ortiq kishi har ikki dozasini oldi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari may yoki iyun oyida yakunlanishiga umid bildirdi. Bu haqda «Onado‘lu» agentligi xabar bermoqda.
«Xitoydan 50 mln doza vaksina kutyapmiz. Germaniyadan 1,5 mln doza BioNTech vaksinasi keltirildi. Rossiya tomoni bilan ham muzokaralar davom etmoqda. Rossiyadan ham vaksina kelishi bilan mamlakatdagi vaziyat yanada yaxshilanadi», – dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.
Turkiyada koronavirusga qarshi emlash 14 yanvarda boshlangandi. Bugunga qadar 8 milliondan ortiq kishi vaksinaning bir dozasini, 5,4 milliondan ortiq kishi har ikki dozasini oldi.
Mamlakatda 3,2 mln kishida koronavirus aniqlangan, 30,6 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025