Sport | 00:29 / 30.03.2021
15757
3 daqiqa o‘qiladi

Abramov taktikada yutqazdi, muxlislar jamoa kuchiga shubha bildira boshladi. Iroq Toshkentda qanday zafar quchdi?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston milliy jamoasi uzoq muddatli tanaffusdan keyin yana yig‘in tashkil etdi va Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Abramov Ganaga qarshi o‘yin ham foydali bo‘lgani haqida har qancha gapirmasin baribir bu yig‘indagi asosiy raqib Iroq edi.

Birinchidan, Gananing asosiy jamoasi emas, B jamoasi o‘ynadi va bu o‘yin asosan namanganlik muxlislar uchun bayram vazifasini o‘tadi. Ikkinchidan, Iroq xuddi O‘zbekiston kabi Osiyoda JCh-2022 yo‘llanmasi uchun kurashayotgan, Abramov jamoasi bilan teng kuchli raqib. Shu sabab futbolchilarda Ganaga qarshi o‘yinda sezilmagan hayajon Iroqqa qarshi bahsda ko‘zga tashlandi.

Iroq, umuman, arab jamoalari bilan o‘yinlarda O‘zbekiston yoki juda alamli tarzda yoki bitta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ladi. Iroqqa qarshi o‘yinda ikkinchi ssenariy kuzatildi. Birgina xatodan keyin iroqliklar gol urishdi va O‘zbekiston hisobni tenglashtira olmadi. O‘yin shunchalik asabiy kechdiki, bu o‘rtoqlik o‘yini emas, JCh saralashi deb o‘ylashi mumkin ko‘rganlar. Vadim Abramovning aytishicha, o‘yinda Iroq murabbiyiga taktik jihatdan mag‘lub bo‘lgan. Abramov milliy jamoaning bor kuchi saralash o‘yinlarda ko‘rinishini ham aytdi.

O‘yindan keyin muxlislar O‘zbekiston milliy jamoasining holatiga va kuchiga shubha bildira boshladi. Chunki Iroq oldida jamoa imkonsizdek ko‘rindi. Vaholanki jamoaning aksar asosiy tarkib futbolchilari maydonda edi. Aslida o‘rtoqlik o‘yinidagi natijaga e'tibor qilmaslik kerak deyiladi, lekin muxlislar Osiyoning eng yaxshilaridan bo‘lgan Iroqqa qarshi o‘yinda hech narsa qila olmagan jamoa shubha bildirishga haqli...

Tribuna.uz fotomuxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Ma'rufjon Asqarov olgan suratlar

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid