Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirusga qarshi burun ichiga purkaladigan vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazish boshlanadi
Sprey ko‘rinishidagi preparat turk olimlari tomonidan ishlab chiqilmoqda, uning klinikaoldi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangan.
Turkiyada koronavirusga qarshi burun ichiga purkaladigan vaksinani odamlarda klinik sinovdan o‘tkazish boshlanadi, deb ma'lum qildi mamlakat sanoat vaziri Mustafo Varank.
Varankning so‘zlariga ko‘ra, sprey ko‘rinishidagi preparat turk olimlari tomonidan ishlab chiqilmoqda, uning klinikaoldi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangan.
Uning ta'kidlashicha, vaksinaning klinik sinovlari birinchi bosqichi "tez vaqt ichida boshlanadi".
Vazir barcha klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng vaksinadan foydalanish joriy yilda boshlanishini aytdi.
Avvalroq turkiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha oltita loyiha ustida ish olib borayotgani ma'lum qilingandi.
Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 3,2 milliondan oshgan, 31 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025