Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 3 ta yangi bog‘cha ish boshladi
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 2 ta va Romitan tumanida 1 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Mazkur MTTlarga bolalarni qabul qilishda mahalladagi kam ta'minlagan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari uchun 50 foiz chegirma joriy qilingan.
Qorako‘l tumanining Chovli mahallasida qurilgan 90 o‘rinli 32-sonli MTTning barpo etilishiga 2 mlrd 531 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, tumanning Dehqonobod mahallasidagi 31-umumta'lim maktabining bo‘sh turgan eski binosi Investitsiya dasturi doirasida 2,3 mlrd so‘mga mukammal ta'mirlanib, 100 o‘rinli bog‘chaga aylantirildi.

Buxoro viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Qorako‘l tumanida 3-7 yoshli bolalar soni 13 201 nafarni tashkil qiladi. Ayni paytda, shundan 6 893 nafari MTTlarga qamrab olingan.

Shuningdek, Romitan tumanining Navbahor mahallasida «Obod qishloq» davlat dasturi asosida 140 o‘ringa mo‘ljallangan 15-sonli MTT qurildi. Uning barpo etilishiga mahalliy budjetdan 1 mlrd 321,7 mln so‘m sarflangan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025