Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sug‘urta kompaniyasi xodimi odamlarga soxta sug‘urta polislarini sotgani aniqlandi
Qashqadaryo Muborak tumanida sug‘urta kompaniyalaridan birida ishlagan shaxs fuqarolarga soxta sug‘urta polislarini taqdim qilinganligi fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan «O‘zbekinvest» EISK AJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.P. jamiyatning Muborak tuman bo‘limi anderrayteri vazifasida ishlagan davrida fuqarolarga qalbaki polislar sotgani aniqlangan.
Jumladan, u kompyuterdan foydalangan holda 20 nafar fuqaroga qalbaki sug‘urta polislarini berib, guyoki ularning mol-mulkini sug‘urta qilib, sug‘urta badali sifatida 36,7 mln so‘m undirgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan R.P.ga nisbatan jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
13:00 / 09.04.2025