Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil yagona portalda ishga tushiriladigan 60ta yangi xizmat tasdiqlandi
2021 yilda talabgorligi yuqori bo‘lgan 60ta davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlik tomonidan tayyorlangan dastur loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi va bosh vazir tomonidan tasdiqlandi.
Dasturga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan an'anaviy tarzda yoki boshqa manbalar orqali elektron ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Ma'lum qilinishicha, yil davomida jami 60ta yangi xizmat ishga tushiriladi. Ro‘yxatga:
- fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish;
- avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun onlayn to‘lovlarini amalga oshirish;
- respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish;
- ish daromadlari to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
- shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma'lumot olish;
- oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish;
- avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
- avtotransport vositasi davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirish uchun ariza yuborish;
- oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini topshirish;
- mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;
- saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish kabi xizmatlar kiritilgan.
Ta'kidlanishicha, dasturda davlat xizmatlarini to‘liq masofadan ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish bosqichlarini maksimal darajada optimallashtirish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
11:52 / 02.12.2024
Organ xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanmoqda
12:06 / 18.11.2024
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Oksfordda malaka oshirishi mumkin
16:00 / 21.10.2024