Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yilning ikkinchi yarmidan boshlab buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi
Samarqandda yilning ikkinchi yarmidan boshlab buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov aytib o‘tgan.
Qayd etilishicha, buyrak transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Angioxirurgiya va transplantatsiya bo‘limi, amaliyot bloki to‘liq kapital ta'mirlangan. Bundan tashqari, markazda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha 2020 yilda muassasa vrachlari va tibbiy hamshiralardan iborat guruh Toshkent shahrida malaka oshirgan. Joriy yilning aprel oyida guruh malaka oshirishning 2-bosqichida qatnashishi rejalashtirilgan.
Ma'lum qilinishicha, may-iyun oylarida akademik V.Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari markazga tashrif buyurib, mahorat darsi sifatida buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini o‘tkazadi.
Rejaga asosan, joriy yilning II yarmidan boshlab viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislarining o‘zlari bunday jarrohlik amaliyotini o‘tkazishadi.
Ta'kidlanishicha: Samarqandda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti joriy yil uchun mo‘ljallangan davlat dasturi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025