Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyotga oid farmon va qarorlar ijrosini oxiriga yetkazish bo‘yicha Farg‘ona viloyatiga Elmira Bositxonova javob beradi
1 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda viloyat, tuman va shahar hokimlari, hududiy tibbiyot bo‘linmalari rahbarlari bir hafta muddatda aprel oyida va yil yakunigacha qiladigan ishlari bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, aniq rejalari bilan xalqqa murojaat qilishi va tizimda o‘zgarish qilishga va'da berishi aytildi.
Ta'kidlanishicha, 2 aprel sanasidan boshlab tizimdagi mas'ul rahbarlar hududlarda qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini oxiriga yetkazishga shaxsan mas'ul bo‘ladi.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlariga mas'ul etib biriktirildi.
Vazir o‘rinbosari endilikda Farg‘ona viloyati tuman va shaharlari hokimlari bilan birga 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasini viloyatning barcha hududlarida qo‘llashi kerak bo‘ladi.
Bunda, qishloq va mahallalarda tibbiyot brigadalarini tashkil etib, tibbiy xaritalarni shakllantirish, aholini 4 ta xavf guruhiga ajratib, manzilli ko‘rikdan o‘tkazish va davolash ishlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin
12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov
09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas
15:59 / 31.10.2021