Jahon | 18:51 / 02.04.2021
1807
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda o‘tkazilishi mo‘ljallangan Butunjahon yozgi universiadasi 2022 yilga ko‘chirildi 

Universiadaning qoldirilishiga koronavirus pandemiyasi va xalqaro sayohatlarga nisbatan joriy etilgan cheklovlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. 

2021 yilning 18–29 avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Butunjahon yozgi universiadasi 2022 yilga ko‘chirildi. Bu haqda Universitet sporti xalqaro federatsiyasi (FISU) ma'lum qildi

Universiadaning qoldirilishiga koronavirus pandemiyasi va xalqaro sayohatlarga nisbatan joriy etilgan cheklovlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, universiadaning nomi — Chengdu World University Games 2021 FISU va uning logotipi saqlab qolinadi. 

Bu pandemiya sababli o‘tkazilish muddati ortga surilgan birinchi sport musobaqasi emas. O‘tgan yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari bu yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.  

20 mart kuni Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqalar xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini e'lon qildi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid