Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida xalq ta'limi sohasidagi rahbar xodimlarning qariyb yarmi baholash sinovidan o‘ta olmadi
Jizzax viloyatida xalq ta'limi rahbar xodimlarining 45 foizi baholash sinovidan o‘ta olmagan. Bu haqda xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Jizzax viloyatida 29 nafar tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari boshqaruv xodimlarining ish faoliyatini baholash jarayoni amalga oshirilgan. Baholash natijalariga ko‘ra, 13 nafar (44,8 foiz) xodim baholash jarayonidan o‘ta olmagan. Qolgan 16 nafar rahbarning natijasi ijobiy bo‘lgan.
Qayd etilishicha, baholash natijalari salbiy bo‘lgan rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikki haftadan so‘ng bekor qilinib, ularga mutaxassisligi va malaka darajasiga mos boshqa lavozimlar taklif qilinadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘limlarning bo‘sh qolgan boshqaruv lavozimlari bo‘yicha vacancy.argos.uz’ga joylanadi. Mazkur lavozimlarga mos keluvchi fuqarolar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ma'lum qilinishicha, avvalroq Toshkent va Sirdaryo viloyatida ham baholash jarayonlari o‘tkazilgan. Ularda har ikkala viloyat tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari boshqaruv xodimlarining 43 foizi sinovlardan o‘ta olmagan.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025