Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjidga yig‘ilayotgan xayriyadan 33 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. O‘z qilmishini u qimorda katta mablag‘ yutqazgani bilan izohladi
Poytaxtning Olmazor tumanida qurilishi boshlangan “Islomobod” jome masjidining xarajatlari uchun xayriya uyushtirildi. Firibgarlardan biri plastik kartaga aldab ulanish yo‘li bilan xayriya orqali yig‘ilgan pullardan 33 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirib yuborgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi multimedia markazi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkentning Olmazor tumanida qurilishi davom etayotgan “Islomobod” jome masjidining imom-xatibi Abdulloh Yo‘ldoshev xayrli ishga bosh qo‘shuvchilarga qulaylik yaratish hamda bu yo‘l bilan qurilishni jadallashtirish maqsadida o‘z plastik kartasi ko‘rsatilgan e'lonni “Telegram” tarmog‘idagi ommabop kanallarga joylaydi.
Oradan ma'lum vaqt o‘tib, “Kama” nikli foydalanuvchi imom-xatib bilan bog‘lanadi va pul o‘tkazishi uchun unga kelgan oltitalik raqam zarurligini bildiradi. Abdulloh Yo‘ldoshev soddalik bilan bu kodni beradi. Tez orada firibgar masjid qurilishi uchun to‘plangan 33 mln 757 ming so‘m mablag‘ni yechib oladi.
Ilojsiz qolgan imom-xatib ichki ishlarga murojaat qiladi. Tezkor tadbir va qator surishtiruvlar davomida bu ishni 2000 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan Komronbek ismli shaxs sodir etgani aniqlandi va u qo‘lga olindi.
U AQShda virtual ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqam orqali ro‘yxatdan o‘tgan va “Kama” niki bilan ishonchga kirib, pullarni yechib olgan. O‘z qilmishini u qimorda katta miqdorda yutqazgani bilan izohlagan.
Komronbek Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, ish haqining 20 foizini davlat hisobiga o‘tkazish sharti bilan 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.
Markaz xodimi Jamoliddin Nasimovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, sudning yengil jazo berishiga zararning qoplangani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida
23:19 / 31.03.2025