Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod dehqon bozori qarshisidagi yo‘lda yuzaga kelgan nosozlik tufayli avtomobil harakati cheklanadi
Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining qo‘shimcha yo‘lida yuzaga kelgan nosozlik tufayli transport harakati vaqtincha cheklanib, avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani Yunusobod dehqon bozori qarshisida diametri 1400 millimetr bo‘lgan suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik tufayli 4 aprel 10:00 dan 24:00 gacha avariya tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, mazkur hududda yo‘l transporti vositalari harakati cheklanadi. Quyida vaqtincha jamoat transporti harakati yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Bundan avval Toshkentdagi «Qo‘yliq» ko‘prigi 20 aprelgacha avtomobillar harakati uchun yopilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:18 / 12.04.2021
Yunusoboddagi ta'mirlash ishlari tufayli Ahmad Donish ko‘chasining bir tomoni ikki oy davomida yopiq bo‘ladi
15:51 / 19.01.2021
Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi avtomobillar qatnovi uchun yopilmoqda
19:52 / 22.12.2020
Toshkent shahrining Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichda ta'mirlash ishlari tugatildi
14:24 / 30.11.2020