Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini ta'minlash bo‘yicha bo‘linmalari tashkil etiladi
Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga asosan Toshkent viloyatida «Namunaviy shahar ichki ishlar organi» va «Namunaviy tuman ichki ishlar organi» loyihalari amalga oshiriladi va eksperiment tariqasida ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini ta'minlash bo‘yicha bo‘linmalari tashkil etiladi
Angren shahar va Bo‘stonliq tumani ichki ishlar boshqarmalari negizida «Namunaviy shahar ichki ishlar organi» va «Namunaviy tuman ichki ishlar organi» loyihalari amalga oshiriladi.
Bunda, asosiy e'tibor ish uslubiga, aholiga xizmat ko‘rsatish masalalariga, hamkorlik mexanizmlariga, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasiga va shaxsiy tarkib bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish choralariga qaratiladi.
Ikkita tuman (shahar) doirasida, eksperiment tariqasida, ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini ta'minlash bo‘yicha bo‘linmalari tashkil etiladi.
Bundan oldin, ichki ishlar organlarida axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari tashkil etilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025