Jamiyat | 11:45 / 07.04.2021
1730
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida tadbirkorning qariyb 6 mlrd pul mablag‘larini o‘zlashtirgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.T.” va “B.S.” MChJlar tomonidan un mahsulotini xarid qilish uchun “A.G.” va “Sh.G.” MChJlarga jami 5,9 mlrd so‘m o‘tkazib berilgan bo‘lsada, fuqaro G‘.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, “M.T.” va “B.S.” MChJlar rahbari Q.V.ning nomidan soxta hujjatlar orqali un mahsulotini qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi elektron hisobvaraq-fakturalarni tasdiqlab, pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid