Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni ma'qulladi
Deputatlar O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar.
Ma'lumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bugun, 8 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimovning nomzodini ko‘rib chiqdi.
Xalq vakillari tomonidan Aziz Abduhakimov nomzodi ma'qullandi.
Nomzod prezidentning tegishli farmoni imzolanganidan so‘ng tasdiqlanadi.
Aziz Abduhakimov 1974 yilda tug‘ilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. U 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan, 2018 yilda bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma'lumot uchun, 2021 yil 6 apreldagi «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etildi.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024