Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiya bilan «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib boradi
Hozirda YeMA Rossiya vaksinasini tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bavariya federal yeri hukumati esa «Sputnik V» YeIda ro‘yxatga olinmasdan turib 2,5 mln doza vaksina sotib olishga ariza berib bo‘lgan.
Germaniya Rossiya bilan «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib boradi. Bu haqda GFR sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan ma'lum qildi.
Ammo buning uchun dastlab vaksina Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) tomonidan ma'qullanishi lozim, deb qo‘shimcha qildi u.
Vaksina Germaniyaga yaqin 2–5 oy ichida yetkazilishi kerak, chunki bu muddatdan so‘ng Germaniya o‘zini yetarlicha miqdordagi vaksina bilan ta'minlay oladi, deb ta'kidladi Shpan.
Hozirda YeMA Rossiya vaksinasini tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bavariya federal yeri hukumati esa «Sputnik V» YeIda ro‘yxatga olinmasdan turib 2,5 mln doza vaksina sotib olishga ariza berib bo‘lgan.
Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,93 mln kishiga yetgan, ulardan 77,7 ming nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025