Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda aholiga suv inshooti qurishda budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Illyustrativ foto
Samarqand viloyati Payariq tumanida suv inshooti va tarmog‘ini rekonstruksiya qilishdagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «H.Q.» MChJ rahbari va boshqalar «Uymovut» MFY hududidagi toza ichimlik suvi inshooti va tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma'lumotlarni kiritgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, korxona rahbari va boshqalar amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozib, 134,5 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Beruniyda 420 mln so‘mga qurilib, foydalanishga topshirilgan maktab umuman qurilmagan bo‘lib chiqdi
Mavzuga oid
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
19:21 / 29.04.2025