Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Umurzoqov: O‘zbekiston GSP+ dasturiga a'zo bo‘ldi
O‘zbekiston YeIga qator mahsulotlarni imtiyozli shartlarda yetkazib berishi mumkin bo‘ldi. O‘zbekistonning YeI GSP+ dasturiga a'zo bo‘lgani bunga imkon beradi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Shu vaqtga qadar YeI GSP+ dasturiga Armaniston, Boliviya, Kabo Verde, Qirg‘iziston, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Shri Lanka davlatlari to‘liq a'zo hisoblanadi.
Bu dastur Yevropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qishloq xo‘jaligi va boshqa ayrim turdagi mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir.
Dasturga to‘liq a'zo bo‘lgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
GSP+ dasturiga kirishdan manfaatdor mamlakat muayyan shartlarni bajarishi talab etiladi. Jumladan, inson huquqlari va asosiy mehnat standartlari sohasida 16 ta, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasida 11 ta – jami 27 xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilishi va samarali amalga oshirishi lozim.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025