Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda boshqalar nomiga karta ochib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan mutasaddilarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati perinatal markazining bir guruh mutasaddilari 2 yildan oshiqroq vaqt mobaynida boshqalar nomiga bank plastik kartalarini ochib, yirik miqdorda budjet pullarini talon-toroj qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazining bosh hisobchisi T.A. va boshqalar 2019-2020 yil va 2021 yilning 3 oyi davomida markazda ishlamaydigan 15 nafar shaxsning nomiga yashirincha bank plastik kartalarini ochgani aniqlangan. Ular, ushbu davrda 741,4 million so‘mni 15 nafar ishlamaydigan shaxsga ish haqi sifatida ko‘rsatib, plastik kartalarga tushirgan.
So‘ng, plastik kartalarga tushgan pullarni shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborib, juda ko‘p miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Shuningdek, markazning bosh hisobchisi jinoiy yo‘l bilan topilgan 741,4 million so‘mning kelib chiqish manbaini yashirish maqsadida, ushbu pullarning 72 million so‘mini o‘zining nomiga «LADA XRAY» rusumli avtomashinaga boshlang‘ich to‘lov sifatida o‘tkazib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat perinatal markazining bosh hisobchisi T.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 243-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
15:03 / 03.05.2025