Toshkentda shar sotuvchilarning janjali pichoqbozlik va odam o‘limi bilan yakun topdi
2021 yilning 5 aprel kuni soat 22:00dan 23:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 22 yoshli Dostonjon Q. Toshkent shahri Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shoxobchasi yonida Alisher A. bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida unga yonida bo‘lgan pichoq bilan jarohat yetkazgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu kuni soat 04:45da Alisher A. olgan jarohatlari tufayli ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Dostonjon Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari jarayonida, ushbu janjalning kelib chiqishiga Dostonjon Q. va Alisher A. hamda ularning yonida bo‘lgan sheriklari “Samarqand darvoza” savdo markazi yonida havo sharlari sotib turgan vaqtlarida joy talashishlari sabab bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:05 / 07.11.2024
Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi
13:35 / 25.09.2024
Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:35 / 22.09.2024
Toshkentda ayol yosh bolasini ayovsiz urgani videosi tarqaldi
11:14 / 12.08.2024