Jahon | 21:09 / 13.04.2021
4218
2 daqiqa o‘qiladi

Jibuti sohillari yaqinida 42 muhojir cho‘kib ketdi

Jibuti sohillari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan qayiqning to‘ntarilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotiga tayanib Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

“42 kishi, jumladan, 16 bola halok bo‘lgani o‘rnatildi. 14 kishi qutqarib qolingan”, deb ma'lum qilgan XMT vakili Ivonn Ndege.

Uning ta'kidlashicha, muhojirlarni kontrabandachilar olib ketayotgan bo‘lgan. “Kontrabandachilar hali topilmadi, ularni qidirish ishlari davom etmoqda”, deb xabar qilgan Ndege. Ma'lum qilinishicha, qayiq Yamandan yo‘lga tushgan.

XMTning Sharq va Afrika shoxi davlatlari bo‘yicha direktori Muhammad Abdikarning ta'kidlashicha, qayiq 4 mart kuni xuddi shunday voqea yuz bergan Bob ul-Mandab bo‘g‘ozida to‘ntarilgan. O‘shandagi voqea oqibatida ham 20 muhojir cho‘kib ketgan.

Bo‘g‘oz orqali yamanlik muhojirlar dastlab Somaliga, so‘ngra u yerdan Efiopiyaga yoki Fors ko‘rfazi davlatlarigacha yetib olishga harakat qilishadi.

Mavzuga oid