Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 nafar qiz xonadondan o‘g‘rilik sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ulardan biri 12 yoshda
Toshkent shahrida 4 nafar qiz xonadondan o‘g‘rilik sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Joriy yil 30 mart kuni Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 19 yoshli Xurshidabonu S. murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u noma'lum shaxs uyiga kirib, 4 000 AQSh dollari qiymatidagi tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 28 yoshli Gulshan D., 20 yoshli To‘xtagul D., 19 yoshli Zarina X. va 12 yoshli N.D. qo‘lga olingani aytiladi.
Bildirilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
20:04 / 18.04.2025