Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan Damas haydovchisi jarimaga tortildi
Farg‘ona viloyatidagi Xonxo‘ja qishlog‘i hududida o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimlari Damas avtomashinasini to‘xtatganda, mashina salonida 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilari borligi aniqlangan.
Avtoulov old o‘rindig‘ining o‘ziga 5 nafar, orqa o‘rindiqlarga esa 23 nafar, jami 28 nafar bolalarni joylashtirgan haydovchi yoshi katta kishi bo‘lgan.
Mashinaning orqa eshiklari yaxshi yopilmagani ham qayd etilgan. YPX xodimlari tomonidan haydovchidan tegishli hujjatlar talab qilinganida haydovchi tegishli hujjatlar yonida yo‘qligini bildirgan.
Ma'lum qilinishicha, haydovchiga tegishli chora ko‘rilgan. Damas esa jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yilgan.
Holat esa aynan qaysi tuman hududida sodir bo‘lgani, 28 nafar bolalar aynan qaysi MTM tarbiyalanuvchilari ekanligiga oydinlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025