Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda
O‘tgan mart oyi davomida O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 2,4 foizga kamayib, 31,6 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Joriy yil 1 aprel holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 31,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. Xalqaro zaxiralarning mart oyida 0,8 milliard dollarga yoki 2,4 foizga kamayishiga oltin narxining oy boshidagi 1765,10 dollardan 1685,35 dollargacha pasayishi ta'sir ko‘rsatgan.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2021 yil boshiga nisbatan 2,2 milliard dollarga yoki 6,5 foizga kamaydi. Bunda oltin hajmi yil boshiga nisbatan oshgan bo‘lsa-da, oltin narxining yil boshidagi 1891,10 dollardan 1685,35 dollargacha yoki 10,9 foizga pasayishi xalqaro zaxiralar qiymatining 2,4 milliard dollarga kamayishiga sabab bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning 1 mart holati bo‘yicha O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 33,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq, oltin narxlari o‘tgan yilning avgust oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 19 foizga pasayib, pandemiya boshlanishidan avvalgi – 2020 yilning fevral oyidagi darajasiga qaytgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, Markaziy bank so‘nggi 10 yil davomida sotilgan nomonetar oltin miqdori 687 tonnani tashkil etganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi
13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:20 / 03.02.2025