Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaraoldi mintaqalari vakillari Farg‘onada uchrashadi
Farg‘ona shahrida Farg‘ona (O‘zbekiston), Batken (Qirg‘iziston) va So‘g‘d (Tojikiston) viloyatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Joriy yil 22 aprel kuni Qirg‘izistonning Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev va Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi ikki qo‘shni davlat viloyatlari rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyalar Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.
23 aprel kuni «Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi» mavzusida xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Biznes-forum doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishlar hamda «B2B» va «G2B» shakllaridagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Tashrif dasturi doirasida uch chegaradosh viloyat rahbarlarining muzokaralari ham ko‘zda tutilgan.
Qirg‘iziston va Tojikiston vakillarining Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etishi, viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi majmualari faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025