Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «ishni yopish» uchun profilaktika inspektoriga pora berayotgan mast haydovchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Urgut tumanida mast haydovchi «ishni yopib yuborish» evaziga profilaktika inspektoriga pora berayotganida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 aprel kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektoriga, tumanning Ishchan mahallasida yashovchi shaxsning yashash uyiga kuyovi E.X. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» mashinasini mast holda boshqarib kelib, qaynotasining tinchligini buzayotganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan hodisa joyiga borgan profilaktika inspektori E.X.ning holatini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasiga olib borib, mastlik darajasi aniqlangan. Shundan so‘ng, X.E. holatni rasmiylashtirmaslik va to‘plangan hujjatlarni YHXBga yubormaslik evaziga profilaktika inspektoriga 300 AQSh dollarini pora tariqasida taklif qilgan.
Xodim fuqaroga qilayotgan xatti-harakati qonunga xilofligi, pora berish jinoyat ekanligini tushuntirib, yashash uyiga ketishi uchun ruxsat bergan.
Qayd etilishicha, 10 aprel kuni E.X. profilaktika inspektorining oldiga takroran kelib, masalani hal qilish evaziga 300 dollarni yana pora tariqasida taklif qilgan.
Shu kuni IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda tegishli organ xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, E.X. profilaktika inspektoriga 300 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda fuqaroni TikTok’da sharmanda qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilganlar ushlandi
Samarqand viloyatida uch oy davomida 50 mingta yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etildi
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025