Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «PSJ» va «Chelsi» yarimfinalda, amaldagi chempion - «Bavariya» turnirni tark etdi
Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinalga chiqqan ikki jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.
«Bavariya» Parijdagi javob bahsida minimal hisobda g‘alaba qozondi, ammo safardagi gollar «PSJ»ni keyingi bosqichga olib chiqdi.
«Chelsi» «Portu»ga qarshi ikkinchi o‘yinda qo‘shib berilgan daqiqalarda supergol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi, lekin dastlabki bellashuvdagi ikki gol hisobiga turnirdagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
Parij klubi 1/2 finalda «Borussiya» D — «Manchester Siti» (1:2) g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Londonliklarga esa «Liverpul» — «Real» (1:3) juftligida ustun kelgan jamoa qarshi chiqadi.
YeChL, 1/4 final, 13 aprel
PSJ — Bavariya 0:1
Gol: Shupo-Moting (40).
PSJ – Navas, Dagba, Diallo (Bakker, 58), Kimpembe, Paredes, Danilu Pereyra, Guyye, Draksler (Ken, 73), Di Mariya (Errera, 88), Mbappe, Neymar.
Bavariya – Noyyer, Boateng, Lyuka Ernandes, Pavar, Alaba, Myuller, Kimmix, Koman, Sane, Shupo-Moting (Xavi Martines, 85), Devis (Musiala, 71).
Ogohlantirishlar: Alaba (52), Dagba (55), Myuller (68), Errera (90)
Birinchi o‘yin — 3:2.
Chelsi — Portu 0:1
Gol: Torimiy (90+3).
Chelsi – Mendi, Chiluell, Ryudiger, Silva, Jyeyms, Pulishich, Jorjino, Haverts (Jiru, 90+2), Kante, Maunt (Ziyosh, 86), Aspilikueta.
Portu – Marchesin, Pepe, Mbemba, Sanusi, Manafa (Nanu, 75), Otavio, Serjiu Oliveyra (Fabiu Viyeyra, 84), Marega (Evanilson, 75), Uribe, Korona (Dias, 75), Gruyich (Torimiy, 63).
Ogohlantirishlar: Serjiu Oliveyra (46), Korona (74), Pepe (82), Dias (88), Torimiy (90+5).
Birinchi o‘yin — 2:0.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
13:50 / 30.04.2025