Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va BAA birgalikda Oyga missiyani amalga oshiradi
Yaponiyaning Ispace startapi va BAAning Muhammad bin Roshid nomidagi koinot markazi birgalikda Oyga missiyani amalga oshirish haqidagi kelishuvni imzoladi. Hamkorlik doirasida Ispace’ning Hakuto-R moduli Oyga BAAning Rashid lunoxodini yetkazadi.
2020 yilda Yaponiyaning H-IIA raketasi Marsga BAAning “Al Amal” (Umid) orbital qurilmasini yetkazishda qo‘llangandi. “Al Amal” BAAning birinchi sayyoralararo fazoviy qurilmasi hisoblanadi. Endilikda ikki davlat birgalikda Oyga missiyani amalga oshirmoqchi.
Hakuto-R va Rashid qurilmalari fazoga SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida chiqariladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Rashid lunoxodi loyihasi 2020 yilda e'lon qilingan. Avvalroq qurilma Oyga 2024 yilda yuborilishi kutilgandi, endi esa buni 2022 yilda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Qurilmaning 10 kgdan iborat foydali yuki kamera, teplovizor, mikroskop va Lengmyur zondini o‘z ichiga oladi. Ushbu qurilmalar yordamida Oydagi geologik jinslar va atrof-muhit o‘rganiladi.
Roverni Oyning ko‘rinadigan qismiga qo‘ndirish rejalashtirilgan. U Yerning tabiiy yo‘ldoshida 14 kun ishlaydi, Hakuto-R esa missiya davomida lunoxoddan olingan ma'lumotlarni Yerga uzatishga javob beradi.
Agar ushbu missiya muvaffaqiyatli amalga oshsa, unda Yaponiya va BAA o‘z qurilmasini Oyga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan davlatlar – sobiq ittifoq, AQSh va Xitoy qatoridan joy oladi. 2019 yilda ushbu davlatlar qatorini Isroil va Hindiston to‘ldirishi mumkin edi, biroq ularning “Bereshit” va “Chandrayan-2” qurilmalariga Oyga qo‘nish vaqtida shikast yetgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025