Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchisi Rossiyani tark etishdan bosh tortmoqda – OAV
Foto: Reuters
AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan rasmiy Moskva unga maslahatlashuvlar uchun Vashingtonga ketishini tavsiya qilganiga qaramay, Rossiyani tark etishdan bosh tortdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib Axios nashri xabar berdi.
16 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning sanksiyalariga javoban 10 nafar amerikalik diplomatni chiqarib yuborishini va Sallivanga «uyga maslahatlashuvlar uchun qaytish»ni tavsiya qilgan. Mohiyatan bu Rossiya AQSh elchisini o‘z hududidan chiqarib yuborishini anglatadi.
Axios’ning xabar berishicha, ushbu tavsiyalarga qaramasdan, Sallivan Moskvada o‘z ishini davom ettirmoqda. Manbalarning ta'kidlashicha, AQSh elchisi Rossiya rasmiylari uni majbur qilmaguncha Rossiyani tark etish istagida emas.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar AQSh prezidenti Jo Baydenning mart oyidagi intervyusidan keyin taranglashdi. Bayden o‘sha intervyuda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblashini va Moskva AQShdagi saylovlarga aralashuv uchun «katta haq to‘lashini» aytgan. Shundan keyin Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ortga chaqirtirib olingan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025