Jahon | 11:32 / 20.04.2021
3990
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyada O‘zbekiston fuqarolari uchun doimiy konsultatsiya xizmati ishga tushadi

O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi Janubiy Koreyaning  «Southwest Seoul Global Center» xorijiy fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladi.  Bu haqda Kun.uz saytining Janubiy Koreyadagi muxbiri xabar beradi.  

«Southwest Seoul Global Center» markazi mamlakat hududida bo‘lib turgan chet elliklarga huquqiy,  mehnat va oila munosabatlari,  migratsiya masalalarida beg‘araz yordam va maslahatlar berishga ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.  Markazda xorijiy fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish,  koreys tili o‘quv kurslarini tashkil etish,  madaniy tashkilotlarga turli tadbirlarni o‘tkazishda ko‘maklashish va xorij fuqarolari uchun advokat yordamini taqdim qilish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.  

Jumladan,  markaz rahbari Kim Dong Xun O‘zbekiston tomoni bilan ishlab chiqilgan ushbu memorandum  «Southwest Seoul Global Center» uchun chet elchixonasi bilan imzolangan birinchi kelishuv hisoblanishini alohida ta'kidlab o‘tdi.  Rahbarning ma'lum qilishicha,  endilikda markazda O‘zbekiston fuqarolari uchun alohida telefon orqali o‘zbek tilida doimiy maslahat berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.  

Ushbu memorandumda belgilangan chora-tadbirlar va yangi imkoniyatlar haqida elchixona ijtimoiy tarmoqlari orqali Koreyadagi yurtdoshlarimizga qo‘shimcha ma'lumotlar beriladi.  

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid