Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina xavfsizlik xizmati yuqori darajadagi shaylik rejimiga o‘tdi
Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi ko‘p bosqichli antiterror mashg‘ulotlarini boshlagandi.
Ukraina xavfsizlik xizmati keng miqyosdagi antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazilishi sababli yuqori darajadagi shaylik rejimiga o‘tdi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.
"UXXning nafaqat chegaradagi, balki barcha oblastlardagi xodimlari yuqori darajadagi shaylik rejimiga o‘tkazildi. Kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati kuchaytirildi", - deb ma'lum qildi maxsus xizmat spikeri Artyom Dextyarenko.
Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi ko‘p bosqichli antiterror mashg‘ulotlarini boshlagani xabar qilingandi.
Mashg‘ulotlarda UXX, milliy politsiya, davlat chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025