Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 4 kishining qotili umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
Qashqadaryo viloyatida uxlab yotgan homilador xotini, xotinining voyaga etmagan ikki jiyani va qaynonasini pichoq bilan o‘ldirgan jinoyatchiga hukm o‘qildi.
Qashqadaryo viloyatida uxlab yotgan homilador xotini, xotinining voyaga etmagan ikki jiyani va qaynonasini pichoq bilan o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 2020 yil 10 dekabrga o‘tar kechasi yuz bergan. 30 yoshli er oilaviy janjaldan keyin onasinikiga ketib qolgan 25 yoshli turmush o‘rtog‘ini qidirib, yarim tunda qaynotasining uyiga borgan.
U yerga o‘zi bilan ikkita oshxona pichog‘ini olib borgan erkak, avval uxlab yotgan homilador xotiniga, so‘ngra 8 va 6 yoshli bolalarga (xotinining jiyanlariga) pichoq bilan o‘ldiruvchi zarba bergan, keyin qaynonasini o‘ldirgan.
Ushbu ish bo‘yicha sud majlisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida bo‘lib o‘tdi. Qotil Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025