Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘ng‘irot – Karakalpakiya posyolkasi» oralig‘idagi 240 km.li yo‘l Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida qayta quriladi
20 aprel kuni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘istondagi «Qo‘ng‘irot – Karakalpakiya posyolkasi» oralig‘idagi yo‘l holati bilan bog‘liq muammo e'tirozlarga sabab bo‘layotgani borasida ham mas'ullarga savol bilan murojaat qilindi.
Ma'lumot uchun, bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda turkiyalik haydovchilarning bu yo‘ldan o‘tayotganda katta qiyinchiliklarga duch kelishi, avtomobillari jiddiy zarar ko‘rayotgani haqida video murojaati ham tarqalgan edi.
«90 km yo‘lni 24 soatda bosib o‘tdik. Bu yo‘ldan odamlar o‘tadi, hayvon o‘tmaydi», – degan haydovchilar yo‘lning holati haqida gapirib.
Savolga Respublika yo‘l jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Abdunabi Himmatov javob berdi.
Uning ma'lumot berishicha, videomurojaatda aytilgan yo‘l A-380 «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yo‘lining 240 kilometri hisoblanadi.
«Bu yo‘l bo‘yicha MDH davlatlari vakillari tomonidan ham bizga ko‘plab e'tiroz bildirilgan. Ushbu muammo bo‘yicha davlat investitsiya dasturi qabul qilingan.
Yo‘lning 964-1204 kilometri, ya'ni Qo‘ng‘irotdan toki Qozog‘iston davlat chegarasigacha bo‘lgan hududning 90 km.dan ortiq qismi yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Bugungi kunda o‘rganishlar asosida mazkur holatlar inobatga olinib, avtomobil yo‘lining ta'mirga muhtoj bo‘lgan qismini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi», – dedi jamg‘armasi raisi o‘rinbosari.
Abdunabi Himmatovga ko‘ra, yo‘lning ushbu qismini ta'mirlash uchun xalqaro tender savdolari e'lon qilingan va hozirda bu jarayon yakunlangan.
«O‘tkazilgan xalqaro tender savdolarida Turkiyaning «Polat Yol Yapi San. ve Tic S.A.» kompaniyasi (964 – 1084 km oralig‘i) hamda Xitoyning «China Road and Bridge Corporation», «CCCC Third Highway Engineering Co. Ltd.» va «Sanmenxia City Changtong Road and Bridge Construction Co., Ltd.» kompaniyalari (1084-1204 km oralig‘i) g‘olib deb topilgan va shartnoma imzolangan.
Ya'ni bu yil ushbu yo‘lga 34.6 mln. Dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Yo‘l ikki bo‘lakli bo‘ladi», – dedi jamg‘arma mutasaddisi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024