Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘lim jazolari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi - Amnesty International
Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 18 mamlakatda kamida 483ta o‘lim jazosi ijro etilgan, 1477ta qatl hukmi chiqarilgan.
Xitoy 2020 yilda o‘lim jazolari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi, deb ma'lum qildi Amnesty International xalqaro nohukumat tashkiloti.
"2020 yilda eng ko‘p qatl Xitoy, Eron, Misr va Saudiya Arabistonida amalga oshirildi", - deyiladi tashkilot hisobotida.
Qayd etilishicha, Xitoydagi qatllarning asl miqyosini baholashning iloji yo‘q, chunki bu ma'lumotlar maxfiy.
Tashkilotning ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili 18 mamlakatda kamida 483ta o‘lim jazosi ijro etilgan, 1477ta qatl hukmi chiqarilgan.
O‘tgan yili dunyo bo‘yicha o‘limga hukm qilinganlar soni 28567 nafarni tashkil etgan.
Xitoyni hisobga olmaganda, 2020 yilda qatllarning 88 foizi to‘rt mamlakat: Eron, Misr, Iroq va Saudiya Arabistoniga to‘g‘ri kelgan.
Amnesty International tashkilotining ta'kidlashicha, o‘lim jazosi inson huquqlari, xususan, yashash huquqiga ziddir.
Hozirda dunyoning 144 mamlakatida o‘lim jazosi taqiqlangan yoki qo‘llanmaydi.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
17:55 / 08.04.2025
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025