Toshkentning ikki tumanida uch kun ichida 65ta pichoq va bita topildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari fuqarolardan pichoqlar va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash ishlarini davom ettirmoqda.
IIBB axborot xizmatiga ko‘ra, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi ko‘chalar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylarida olib borilgan profilaktik tadbirlar doirasida xodimlar uch kun ichida 65 dona sovuq qurol va bita topdi.
20 aprel kuni Chilonzor tumani Guliston ko‘chasida 18 yoshli O.R.ning yonidan sovuq qurol turiga kiruvchi buklama pichoq topildi. Mazkur fakt asosida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-2 moddasi (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga topshirildi.
“Hurmatli fuqarolar. Cho‘ntakdagi pichoq o‘zingizga qarshi ishlashi mumkin: pichoqni qo‘llab nafaqat birovning, balki o‘z umringizni ham xazon qilasiz. Aslida, cho‘ntagingizdagi sovuq qurol sizning xavfsizligingizga hech qanday ta'sir qilmaydi”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09 / 08.04.2025
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

21:33 / 04.04.2025