Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Polshaning besh nafar diplomatini 15 maygacha mamlakatni tark etishini talab qildi
Bu Polshaning rossiyalik uch nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Polshaning besh nafar diplomati 15 mayga qadar mamlakatni tark etishi kerakligini ma'lum qildi.
Bu Polshaning rossiyalik uch nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Polsha TIVning bayonotiga ko‘ra, ular diplomatlik maqomini buzgan va Polsha manfaatiga zarar yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirgan.
«Polshaning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha provokatsion harakatlariga javob tariqasida vazirlik Rossiyadagi Polsha elchixonasining besh nafar xodimini "persona non grata" deb e'lon qildi. Ular 2021 yil 15 mayi yakuniga qadar Rossiya hududini tark etishi kerak»,— deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Avvalroq Chexiya Rossiya elchixonasining 63 nafar xodimini o‘z hududidan chiqarib yuborishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025