Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanidagi maktab tikuvchilik to‘garagi orqali yil boshidan beri 110 mln so‘m daromad qildi
Bugun, 23 aprel kuni Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 255-sonli maktabga press-tur tashkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Joriy yilda bu maktabga davlat dasturi doirasida 16ta tikuv hamda 2ta overlok mashinasi berilgan.
Mashinalar yordamida maktabda o‘quvchi qizlar uchun «Yosh tikuvchi» to‘garagi tashkil qilingan. Unda 7-sinfdan boshlab 30 nafar qizga «Ustoz-shogird» tamoyili asosida tikish va bichish sirlari o‘rgatilmoqda.
To‘garakda o‘quvchi qizlar nafaqat kasb o‘rganadi, balki choyshab hamda yostiq jildlari tikib, maktabga moddiy tomondan daromad ham keltiradi.
To‘garak ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, maktab hisobraqamiga 110 million so‘m daromad keltirgan. Ushbu mablag‘ tikilayotgan choyshab hamda yostiq jildlarini sotuvga chiqarish orqali to‘plangan.
To‘garakka maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Alimova rahbarlik qilmoqda. Uning jurnalistlarga aytishicha, topilayotgan daromad yil oxiriga qadar 1 milliardga yetishi mumkin.
«Hozirda mavjud ikkita overlok mashinamiz ishlatilmayapti, sababi hozir tikayotgan mahsulotimizga u ishlatilmaydi, shu sababli kelgusida chaqaloqlarga kiyimlar ishlab chiqarish orqali maktabdagi tikuvchilik to‘garagida ushbu mahsulotni tikishni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirdik», – dedi Dilnoza Alimova.
Maktab direktori Dilora Jo‘rayevaning ma'lumot berishicha, olinayotgan daromad maktab xarajatlari, jumladan, o‘qituvchilarni, tanlov, olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish kabi maqsadlarga ishlatiladi.
«Maktabimizda turli fondlarga pul yig‘ish holatlari uchramaydi.
Yaqinda ochiq tanlov asosida maktab madhiyasini yaratish uchun tanlov o‘tkazdik. Birinchi sinf o‘quvchimizning ammasi g‘olib bo‘ldi. Unga topilgan daromaddan 500 ming so‘m to‘lab berdik. Madhiyamiz hammaga ma'qul keldi. Bayramlarda undan foydalanyapmiz», – deydi direktor.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
14:10 / 20.02.2025