Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada haydovchidan olib qo‘yilgan otvyortka qaytarib berildi, IIB xodimi ogohlantirildi
Zangiota tumanida «Spark» avtomobili haydovchisidan sovuq qurol sifatida rasmiylashtirilib, olib qo‘yilgan otvyortka egasiga qaytarilgan. IIB xodimiga esa ogohlantirish berilgani ma'lum qilindi.
O‘tgan oyda Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Spark» avtomobili to‘xtatilib, haydovchining yonidan chiqqan otvyortka sovuq qurol deb topilgan, YPX xodimi tomonidan dalolatnoma tuzilgandi. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayniqsa haydovchilar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, IIB xodimlarining bu harakatlari qoralangan edi.
Shundan so‘ng Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan surishtiruv boshlanganini ma'lum qilgandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov 23 aprel kuni Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, haydovchidan olib qo‘yilgan otvyortka egasiga qaytarib berilgan.
Avtomobilda bo‘lishi lozim bo‘lgan muhim ish (texnik sozlash) qurollaridan biri bo‘lgan otvyortkani sovuq qurol deb baholab, dalolatnoma tuzgan va uni haydovchidan olib qo‘ygan profilaktika inspektori A.Almanov ichki ishlar organi xodimlari kasb etikasiga qat'iy rioya qilish lozimligi haqida ogohlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shohrux G‘iyosov 9 aprel kuni Kun.uz'ga bergan intervyusida «otvyortka» sovuq qurol deb baholanganini ma'qullamasligini bildirgan, ammo masalaga xizmat tekshiruvi natijasidagina baho berilishini aytgandi.
Mavzuga oid
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
12:04 / 05.04.2025