O‘zbekiston | 13:43 / 24.04.2021
1514
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva: «O‘tgan yili 301 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan»

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

23-24 aprel kunlari Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat raisi Tanzila Norboyevaning aytishicha, 2020 yilda 2,5 mingdan ziyod budjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta'lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta'lim sohalarida korrupsiya holatlari ko‘paygani ta'kidlandi.

Ma'lumotga ko‘ra, xalq ta'limi tizimida 192 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Sohta hujjatlar asosida 40 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘, jumladan Dehqonobod, Chiroqchi, Qamashi va Yakkabog‘ tumanlari xalq ta'limi bo‘limlarida 8,7 mlrd so‘mlik ish haqi noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Mavzuga oid