Jahon | 20:01 / 24.04.2021
6491
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Iroqda Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi harbiy operatsiya boshladi

Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan.

Foto: DPA

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, operatsiya Iroqning Metin aholi punkti hududida o‘tkazilmoqda. Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan.

Avvalroq Milliyet  gazetasi mamlakat harbiy samolyotlari partiyaning Metin, Zap, Avashin-Basyan va Qandildagi obektlariga zarba berganini ma'lum qilgandi.

Turkiya Iroqdagi Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi ilgari ham bir necha marta operatsiyalar o‘tkazgan. Mamlakat parlamenti qurolli kuchlarning respublika chegarasidan tashqarida harakatlanishiga berilgan mandatni muntazam ravishda yangilab boradi. 

 Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi terrorchi tashkilot deb e'lon qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid